“Yosh chegarachi” harbiy vatanparvarlik musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi
Bogʻot tumanida respublika chegara oldi shahar va tumanlaridagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tashkil etilgan “Yosh cherachilar” klublari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, yoshlarni milliy qadriyatlar va madaniyatga boʻlgan tahdidlar hamda yot gʻoyalardan asrash, har tomonlama rivojlangan, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, milliy anʼanalarga sadoqatli, dunyoqarashi keng, vatanparvar va barkamol yosh avlodni tarbiyalashga qaratilgan “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasining tuman bosqichi oʻtkazildi.
Musobaqada tumanning chegara oldi hududlaridagi umumtaʼlim maktablarining chaqiruvga qadar tayyorgarlik yoshidagi oʻquvchi yoshlaridan tuzilgan “Yosh chegarachi” klublari aʼzolari oʻzaro bahs olib borishdilar. Musobaqalar so‘nggida g‘olib jamoalar tuman hokimi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
3-04-2024, 09:05
Вернуться назад